O'zbekistonda yana valyuta almashtirish cheklanadimi?

0

So'nggi kunlarda tadbirkorlar orasida “konvertatsiya yana cheklanadi”, degan gap-so'zlar tarqaldi. Import bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlar konvertatsiya cheklanishidan xavotirda ekanliklarini aytishmoqda.

O'zbekiston Markaziy banki konvertatsiyaga cheklovlar bo'lishi mumkinligi borasidagi shov-shuvlar asossizligini bildirdi. O'zbekistonda konvertatsiyaga cheklovlar qo'yilmaydi.

Markaziy bank rahbariyati vakili O'zbekiston 2017 yilda imzolangan farmondan hech qachon chekinmasligini ma'lum qildi.

UzA.uz

loading...