Xonanda Lola o'zbek mentalitetini haqoratlashdan qachon to'xtaydi?! (+Video)

2

Yohud uning Yevropacha qarashlari xalqqa kerak emas.

Bilamizki, Lola o'zining Yevropaga taqlidi bilan boshqalardan ajralib turishga intiladi. Uning ko'p kliplari “mentalitetga to'g'ri kelmaydi” degan tanqidga uchragan. Kuni kecha tarqalgan hazilomuz videoklipi orqali esa u o'ziga otilayotgan yoki otilishi kutilgan toshlardan ustalik bilan qochishga muvaffaq bo'lmoqchi. Go'yoki o'zbek mentaliteti boshdan-oyoq ahmoqona qarashlardan iborat-u, hurmatli xonanda o'zining “yorqin” va g'oyat “haq” nazari bilan buni xalqqa ochib bergan. Achinarlisi, odamlar bu videoklipga “qoyil” deb yozishmoqda. Ha, aytgancha, Lola klip orqali Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan tuzilgan “xavfli ayollar” ro'yxatini ham ko'rsatib ketgan. Bu ham odamlarning fikrini chalg'itish va o'zining yevropacha dunyoqarashini ommaga oqlab ko'rsatishning ajoyib usuli…mi?

Har bir millat o'zining mentalitetiga ega va shu bilan bir-biridan farqlanib turadi. Bugungi kunda esa xonandalar tomonidan Yevropaga taqlid qilinishi xalqning ongiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydimi?

Klip haqidagi fikrlaringizni komentda yozib qoldiring.

Videoni ko'rish uchun mana bu havolani bosing:
https://t.me/joinchat/AAAAAD5sHvcPMObDqFLhBg
Agar video sizning telefoningizda ochmasa, ikkinchi havolaga kiring:

Ikkinchi havola

 

loading...

2 FIKRLAR

  1. Bu maqola epkinida trollarni buyi kelib turibdi. Xoxlaymizmi yӯqmi dunyo xalqlarini mentaliteti ilg'or sivilizatsiya ta'sirida asta sekin uzgarib boradi va bu tabiy xol, shuday ekan Lolaning ijodiga faqat salbiӣ tomondan qarayverish kerak emas. Lola hatto ba'zi bir erkaklar kӯtarib chiqolmaydigan mavzuni kӯtarib chiqibdi, ichi qoralik qilmay unga omad tilash kerak.

Comments are closed.