DUNYo BO'YIChA TARIXDA 14 NOYaBR KUNI QANDAY VOQEALAR SODIR BO'LGAN?..

0

 

1445 yil. — Buyuk knyaz Vasiliy II tatarlar yurtidagi asirlikdan qutulib uyiga qaytdi. Uni Qozon xoni Ulu-Muhammad 200 ming rubl garov puli evaziga ozod etdi.

1607 yil. — Fransiya qiroli Genrix IV qirollikdagi bolalar kattalarning gapiga quloq solmasa, ularni kaltaklashga rasman izn berdi. Bunga qadar qirollik bolalarining quloqsizligi uchun xizmatkorlar va qullar kaltaklanardi.

1666 yil. — Semyuel Pepis qon quyish amalini ilk bor itlarda sinab ko'rdi.

1832 yil. — Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi tramvay qatnovi yo'lga qo'yildi.

1870 yil. — Peterburgda «Harakatdagi badiiy ko'rgazmalar birlashmasi» Nizomi tasdiqlandi.

1880 yil. — Parijda Paster institutining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

1920 yil. — Moskva viloyatidagi Kashino qishlog'ida Rossiya qishloqlari orasida birinchi bo'lib elektr lampochkalar yoqildi. Shu yerdagi elektrostansiyaning ochilish marosimiga shaxsan V. I. Lenin tashrif buyurdi.

1936 yil. — Markaziy ob-havo byurosi bazasida Markaziy ob-havo instituti ish boshladi.

1940 yil. — SSSR ning fashist davlatlar qurolli kuchlari safiga qo'shilishi masalasida tashkil etilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

1949 yil. — Moskvada militsiya maktabi tashkil etildi.

1969 yil. — Amerikada «Appolon-Saturn-12» fazo kemasi havoga ko'tarildi.

1999 yil. — Ukraina prezidenti Leonid Kuchma ikkinchi muddatga saylandi.

2000 yil. — «Microsoft» kompaniyasi asoschisi Bill Geyts SPID ga qarshi kurash doirasida Nigeriya davlatiga jami 25 million dollar mablag' ajratdi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...