Tojikistonlik erkak homilador xotinini pichoqlab o'ldirib tomorqaga ko'mib tashladi…

0

 

Tojikistonning Xatlon viloyatiga qarashli Vaxsh tumanida yashovchi Alimov Olimjon Tojiddinovich o'tgan yil noyabrida Sumanmoh Nazarovani nikohiga olgan. Ammo ularning birgalikdagi hayoti negadir totli kechmadi. Sira bir-birlarini tushuna olishmadi. Janjal ustiga janjal bo'laverdi. Shunday janjallarning biri 2019 yil 24 mart kuni bo'lib o'tdi. Sumanmoh homilador edi. Biroq Olimjon homiladorligiga ham qarab o'tirmay, xotinining tanasiga bir nechta kuchli tig' jarohatlari yetkazdi. Sumanmoh o'sha joyning o'zida o'lim topdi. Olimjon esa jinoyat izlarini yo'q qilish ilinjida marhumaning murdasini tomorqaga ko'mib tashladi.

Sud Olimjon Alimovni 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U dastlabki 5 yilni SIZO da o'tkazadi. Keyin esa jazoning qolganini intizom kuchaytirilgan koloniyada o'taydi.

 

loading...