“BOLAM, TELEFON O'YNAYVERMA, KO'R BO'LASAN!!!”

0

 

Buning isboti sifatida xitoylik qizning taqdiriga ko'z tashlash kifoya qiladi. U yaqinda tuni bilan smartfonda o'yin o'ynab chiqdi. Ertalab uxladimi-yo'qmi, xudo biladi, qisqa tanaffusdan so'ng yana o'yin o'ynashda davom etdi. Oradan 5 daqiqa o'tdimi-yo'qmi, qiz chap ko'zi hech narsani ko'rmayotganini payqab qoldi. Ota-onasi darhol uni shifoxonaga olib bordi. Tibbiy tekshiruvlar qizchaning chap ko'zida qon qotib qolganini ko'rsatdi. Xuddi o'sha qotgan qon qizning ko'rish imkoniyatlarini yo'qqa chiqargandi. Xayriyatki, ota-onasi o'z vaqtida vrachga olib borishibdi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, mutaxassislar ko'zdagi qotib qolgan qonni olib tashlashdi. Qiz yana ko'ra boshladi. Lekin vrachlar unga smartfondan foydalanishni qat'iyan taqiqlab qo'yishdi. Aytishdiki, ikkinchi marta ko'rish imkoniyatlari yo'qolsa, tiklab bo'lmas ekan.

 

loading...