Co'ngra o'sha kunda, albatta, berilgan ne'matlardan so'ralasizlar

0

Oila a'zolarimiz, do'stlarimiz bilan ovqatlangani oshxonalarga borib turamiz. Borganimizda bizga o'sha yerda xizmat qiluvchi yigit “Xush kelibsizlar” deya peshvoz chiqadi. Keyin bo'sh stolni ko'rsatadi. O'sha yerga o'tirganimizdan so'ng oldimizga taomlar menyusini qo'yadi-da, “Nima buyurasizlar?” deb so'raydi. Keyin biz o'zaro maslahatlashib, nimadir taom buyurtma qilamiz. Taomlanib bo'lganimizdan so'ng, ofitsiant yigit bizdan ikkinchisiga nima yeyishimizni so'raydi. Ba'zilarimiz ikkinchi taomga nima yeyishimizni aytamiz yoki “Bizga tashqaridagi muzqaymoqdan olib keling” deymiz. Ana shu tarzda taomlanib bo'lganimizdan so'ng o'rnimizdan turib, kassaga pulni to'lab, tarqalamiz.

— Baliq yegani falon oshxonaga boramiz. Narigi oshxonada baliqni yaxshi pishirolmaydi;

— Birinchisiga qanaqa ovqatlaringiz bor?;

— Qovurilgan tovuq emas, grill tabaka yegim kelyapti;

— Menga shokoladli yoki mevali muzqaymoq bering.

Shu kabi gaplar bilan taomlarni tanlab-tanlab tanovul qilayotgan paytimizda, qorni ochganda, yegani narsa topolmay qiynaladiganlar borligini unutib qo'ymaylik!

Esimizdan chiqmasin, Alloh taolo bizga ato etgan va etayotgan barcha ne'matlari haqida qiyomat kuni so'raydi. Boshqalarga ham taom ulashdikmi-yo'qmi, yegan ovqatimizning kuchini ibodatga sarf qildikmi-yo'qmi, hammasi haqida so'raydi. Zero, Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qilgan:

ثُمَّ لَتُسْأَلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ النَّعِيمِ

“So'ngra o'sha kunda, albatta, berilgan ne'matlardan so'ralasizlar”. (Ya'ni, qiyomatda har bir ne'matni nimaga, qandoq sarf qilganingiz haqida so'raladi. Ha, kattayu kichik har bir ne'mat haqida so'ralasiz. Har bir ne'matga shukr qildingizmi, yo'qmi – so'ralasiz. Alloh taolo sizga bergan molu dunyo ne'matini nimaga sarfladingiz, halolgami haromga, Allohni rozi qiladigan yo'lgami, g'azabini qo'zg'atadigan yo'lgami hamma-hammasi haqida so'ralasiz.)

Alloh taoloning ne'matlariga ko'proq shukr qilaylik! U Zot bizni shokirlardan qilsin!

 

Internet ma'lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

 

muslim.uz

loading...