Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag'darilib ketdi

0

Bugun, 15 noyabr kuni tongda “Qamchiq” dovonining “Vodiy-Toshkent” yo'nalishida harakatlangan yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O'sh” avtomobil yo'lining 227-kilometrida boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetidagi xandaqqa (kyuvetga) tushib ketgan.

“Beshqo'l” navbatchilik maskani guruh komandiri M.Boychayev boshchiligidagi qutqaruv guruhi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida tug'ilgan M.N. boshqaruvida bo'lgan “Isuzu” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo'qotishi oqibatida yo'l chetidagi xandaqqa (kyuvetga) tushib ag'darilib ketgan. Birinchi navbatda, qutqaruvchilar tomonidan haydovchiga psixologik yordam ko'rsatildi. So'ngra ag'darilgan yuk mashinasi xandaqdan chiqarilib, evakuator yordamida belgilangan manzilga jo'natib yuborildi.

Sodir bo'lgan yo'l transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar aniqlanmadi.

fvv.uz

loading...