Roy Jons Otabek Umarovni O'zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani bilan tabrikladi

0

O'zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi o'rinbosari va Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi Otabek Umarov yangi tashkil etilgan O'zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani haqida xabar berilgan edi.

Amerikalik bokschi Roy Jons Otabek Umarovni O'zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda u o'z Instagram sahifasida video qoldirgan.

Roy Jons «Otabek, saylanganing bilan tabriklayman va taklif uchun rahmat. Bunday voqeaning bir qismi bo'lishdan baxtiyor bo'laman!», — degan so'zlarni keltirgan.

«Do'stim @royjonesjrofficial , tabriklar uchun katta rahmat. Yaqin orada, ko'plab kuchli jangchilar va ularning yorqin g'alabalariga boy, GFC MMA turniri doirasida uchrashamiz», — deya unga samimiy tilaklar uchun minnatdorlik bildirgan Otabek Umarov.

 

Shuningdek, taniqli aktyor va yakkakurash ustasi Stiven Sigal ham o'z Instagram sahifasida Otabek Umarovni yangi lavozimi bilan tabriklagan.

 

daryo.uz

loading...