O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 16 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

16 noyabr kuni ish joyingizda o'zingizni risoladagidek tutishingiz talab etiladi. Yo'qsa, arzimas sabablar bilan hamkasblar qarshisida obro'ingizni boy berishingiz mumkin. Pulsiz qolishni istamasangiz, xarajatlarni qat'iy nazorat ostiga oling. Lekin ro'zg'or uchun pul zarur bo'lsa, ayab o'tirmang. Vaqtinchaga bo'lsa-da, har qanday ko'rinishdagi safarlardan voz kecha turing.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Kunning birinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Ular qarshisida esa negadir ojiz, kamtar odamga aylanasiz. Ammo bu holat sizning foydangizga ishlaydi. Mabodo oilasiz bo'lsangiz, yangi tanishganlarning biriga yoqib tushishingiz turgan gap. Xaridlarni qat'iy reja asosida amalga oshirsangiz, sira ziyon ko'rmaysiz. Uydagi ishlarni ertangi kun uchun qoldirmasligingiz tavsiya qilinadi. O'pka bilan bog'liq muolajalar muvaffaqiyatli o'tadi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

16 noyabrda barchaga professional jihatlaringizni ko'proq namoyish eting. Qiyinchiliklarni yengish, to'siqlardan osonlikchasiga o'tish uchun sizda barcha imkoniyatlar bor. Lekin dimog'dorlikka o'tishni xayolingizga ham keltirmang. Yaqinlaringiz qattiq ranjishlari mumkin. Muhabbatda omad sizga kulib boqadi. Faqat nokerak gaplarni gapirib juftingiz bilan munosabatlarga putur yetkazmang. Basharti janjallashib qolgan taqdiringizda ham qo'pollik qila ko'rmang. Yon bera qolganingiz ma'qul.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun ertalab emotsional holatingiz me'yorda bo'lmasligi mumkin. Agar uning yetovida qolsangiz, do'stlar, hatto, yaqinlar bilan munosabatlarni yo'qqa chiqarishingiz mumkin. Oilaviy hayotda qandaydir muhim qarorlar chiqarishingizga to'g'ri keladi. Bu qarindoshlardan birini uzoq davom etgan xastalikdan xalos etish bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Sport bilan shug'ullanish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

16 noyabr kuni bir dunyo keraksiz ishlarga duch kelasiz. Lekin ularni juda tez fursatda qoyillatib bajarishingiz kerak bo'ladi. Agar bu ishlarni hamkasblardan oldin bajarib ulgursangiz, maqtanishdan nari bo'lishingiz lozim. Oila qurmaganlar kun davomida bo'lg'usi juftini tasodifan uchrashib qolishi kutiladi. Bu sizni illyuziya asiriga aylantirishi hech gap emas. Reallikka yaqin bo'ling. Moliyaviy masalada homiy toping. Faqat u sizni boshi berk ko'chadan olib chiqa oladi.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Parizod burji ostida tavallud topganlar uchun bugungi kun zerikarli, qayg'uli va sovuqqonlikda kechishi mumkin. Shaxsiy hayotdagi muammolarni do'stlardan birining yordamida bartaraf eta olasiz. Yolg'iz bo'lsangiz, romantika kutadi. Yorqin lahzalarni qarshi olish uchun tayyor turing. Oilalilar kechqurun ro'zg'ordagi muammolarga ko'milishi kutiladi. Muammolarni e'tibor bilan ijobiy hal etishga harakat qiling. To'g'ri ovqatlaning. Rejimni buzmang.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

16 noyabrda ertalaboq ishga sho'ng'ishni ixtiyor etsangiz, faqat kechqurungina bosh ko'tarishingiz mumkin. O'zingizdagi kuch va imkoniyatlarni tejab ishlating. Toki ular shaxsiy hayotda ham yetarli bo'lsin. Ko'pchilik bugun bolalar tarbiyasi bilan bog'liq masalalarda jiddiy muammolarga ro'baro' bo'lishi kutiladi. Eski tarbiya usullari ish bermayotgan bo'lsa, yangichasini o'ylab toping. Ilgari aldab ketganlarga aslo ishona ko'rmang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun faqat olg'a bosing. Qanday taklif tushishidan qat'i nazar ikkilanish fikridan uzoq bo'ling. Qo'rquvga begona bo'ling. Do'stlar hamrohligida boshqa shaharga borsangiz, bu safaringiz muvaffaqiyatli kechadi. Yangi tanishuvlarga yo'l bermang. Yo'l bergan taqdiringizda ham tanimagan odamlarga sirlaringizni oshkor qilmang. Moliyaviy sohada bugun omadingiz chopmasligi mumkin. Shunday ekan, zudlik bilan qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topmasangiz bo'lmaydi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

16 noyabr kuni ulkan ishlarni amalga oshirishga kirishasiz. Ishning hajmi shu qadar kattaki, bosh qashishga vaqtingiz bo'lmaydi. Lekin shunga yarasha daromadini ham ko'rasiz albatta. Ya'ni, moliyaviy muammolaringiz bugun faqat sizning foydangizga hal bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida yoshi ulug' yaqinlaringizdan kimdir sizga nasihatlar qilishga chog'lanadi. Bu sizga faqat foyda beradi. Kechqurun kimlardir sizga qo'shimcha daromad keltiradigan ish taklif etishi kutilmoqda.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugungi kun tadbirkorlar uchun juda mazmunli o'tadi. Yaqin hamkorlar bilan tashkil etiladigan muzokaralar kayfiyatingizga faqat pozitivlik hadya etadi. Shaxsiy biznesingizga ega bo'lsangiz ham boshni baland ko'targan holda ko'chaga chiqavering. Sizning ham ishlaringiz katta tadbirkorlarnikidan kam yurishmaydi. Uy uchun xaridlarni rejalashtirish, turli xastaliklarga qarshi muolajalar olish xayrli o'tadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

16 noyabrda muloqotlardan, ishdan dam olish, nafas rostlash sira ziyon keltirmaydi. Ishda birovlarni yordamga chaqirmang. Har qanday yumushni mustaqil qoyillata olasiz. Muhabbatda tashabbuskor bo'ling. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga haqiqiy tuyg'ularingizni namoyish etishdan uyalmang. Kechqurun sport bilan shug'ullanmay qo'ya qolganingiz ma'qul. Uxlashga yotar mahalingiz hamkasblardan biri haqida g'alati xabar eshitasiz.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Ertalab do'stlaringizdan biri haqida xunuk xabar eshitasiz. Lekin shok holatiga tushib qolishingiz tavsiya etilmaydi. Qo'shimcha daromad ko'rish imkoniyati sizda ham yo'q emas. Biroq birdan katta pulni qo'lga kiritish harakatiga tushmang. Barcha ishlarni tartib bilan bajaring. Ijod kishilari kun mobaynida xizmat safariga borishlari, kimlardir ularga foydali shartnoma imzolashni taklif qilishi mumkin. Kechqurun yaqinlaringiz davrasida vaqt o'tkazing. Olloh sizga yor bo'lsin!

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...