UZOQ UMR KO'RADIGAN ODAMNING QON GURUHI QANAQA BO'LADI?..

0

 

Olimlarning fikricha, odamning qancha yashashi qon guruhi bilan chambarchas bog'liq ekan. Bunda qon tarkibidagi eritrotsitlar, antitel va antigenlar alohida ahamiyat kasb etadi. Izlanishlar natijasidan kelib chiqib olimlar quyidagi to'xtamga keldi.

Birinchi guruh qonga ega odamlar boshqalarga nisbatan ko'proq umr ko'rarkan. Negaki, ular yurak qon-tomir va shu kabi xastaliklarga chidamli bo'ladi.

Ikkinchi guruh qonga ega bo'lganlar qandli diabet, stress, shamollash, virusli infeksiyalarga bardoshli hisoblanadi.

Uchinchi guruhdagi qonga ega odamlar uzoq yashashga aytarli da'vo qila olishmaydi. Ularni hayotda quloq shamollashi, angina, radikulit, ayrim holatlarda saraton xastaligi ta'qib etadi. Bu xastaliklar uchinchi guruhdagi qonga ega odamni chetlab o'tgan taqdirda ham u oshqozon-ichak xastaligidan azob chekadi.

To'rtinchi guruh qon egalari aksar vaziyatlarda turli yuqumli xastaliklarga chalinadi. Bu qon guruhi bilan tug'ilganlarni yurak porogi ham chetlab o'tmaydi. Bu qon guruhi egalari uzoq yashashdan umid qilmasalar ham bo'ladi.

Tag'in xudo biladi.

ASTAG'FIRILLO!!!

 

loading...