Jangga bir kun qolganida Hasanboy Do'smatovning raqibi o'zgardi

0

Professional boksning birinchi o'ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida ringga chiqishi kutilayotgan Hasanboy Do'smatov 16 noyabr kuni professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi deya ma'lum qilmoqda GoSport.

Unga ko'ra, Do'smatov shu kuni Meksikaning Guanaxuato shahrida bo'lib o'tadigan boks oqshomida meksikalik David Martinez (8-3, 1 KO) raqiblik qilishi lozim edi. Ammo jang arafasida uning raqibi o'zgardi.

Endilikda Do'smatov shu boks oqshomida boshqa bir meksikalik bokschi Xesus Servantes Vilyanuevaga (9-7, 5 KO) qarshi ringga ko'tariladi. Hasanboy Do'smatov debyut jangi oldidan 48,6 kg tosh bosdi.

loading...