Jinoyatchilar jamoat transportini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi

0
Rossiyada og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanib sudlangan fuqarolar jamoat transporti – avtobus, trolleybus, tramvay va taksini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Mazkur qonun loyihasi Prezident Vladimir Putin topshirig'iga asosan mamlakat transport vazirligi tomonidan ishlab chiqildi.
Bunda jazoni shartli o'tash ham istisno qilinmaydi.
“Kommersant” xabarida, cheklov tatbiq qilinuvchilarning sudlangan moddalari nomma-nom keltirilgan.
loading...