Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi Sanjar Rahmonovni mag'lub etgan yengilmas bokschi bo'ladi!

0

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 2020 yilning boshida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Ergashev kelgusining 10 yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo'lib o'tadi. 12 raunddan iborat jang g'olibi ayni vaqtda Mario Barrios (25-0, 16 KO) egalik qilayotgan WBA ning «oddiy» kamari WBA Regular chempionlik kamari uchun rasmiy da'vogarga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Kit Hanter faoliyati davomida 11ta jang o'tkazgan bo'lib, 10-jangida u o'zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjarbek Rahmonovga (12-2-1, 6 KO) qarshi ringga chiqib, hakamlarning turfa qarori evaziga g'olib chiqqandi. O'shanda 2 raundda Sanjar Rahmonov nokdaun holatiga tushgani uchun hisob ochilgan, biroq ko'pchilikning fikriga ko'ra, hakamlarning yakuniy qarori bahsli bo'lgan. Sanjar Rahmonov jangdan so'ng protest yozishgani haqida ham xabar qilib o'tgandi.

Atlantik Sitida bo'lib o'tadigan boks oqshomining markaziy jangida ayollar o'rtasida ikkita yo'nalish bo'yicha jahon chempionlik kamari uchun jang bo'lib o'tadi. Unda Salita Promotions promouterlik kompaniyasi vakili, amerikalik Klaressa Shilds xorvatiyalik Ivana Habazinga qarshi ringga chiqadi.

loading...