O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 17 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Kuningiz asabiy kechadi. Atrofingizda shunday hodisalar kuzatiladiki, asabiylashmasdan sira iloj yo'q. O'zingizniki qolib birovlarning hayoti haqida ham qayg'urishingizga to'g'ri keladi. Muhabbatda ham shunday vaziyatlar ko'zga tashlanishi mumkin. Lekin kechqurun xotirjamlik hukm suradi. Agar ro'zg'oringizdagi ikir-chikirlarni hal etishga astoydil kirishsangiz, albatta pozitiv kayfiyatga ega bo'lasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

17 noyabr kuni xuddi huquqshunoslar kabi atrofingizdagilardan o'z haq-huquqingizni talab qila boshlaysiz. Bu moliya masalasida sizga katta yordam berishi mumkin. Lekin oilaviy hayotda juda ehtiyot bo'ling. Ba'zi gaplaringizni yaqinlaringiz noto'g'ri qabul qilishi, oqibatda orangizda janjal kelib chiqishi ehtimolga yaqin. Kechqurun ovqatlanish rejimiga ko'z tashlab olishingiz tavsiya etiladi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Muhabbat mavzusidagi seriallarni kamroq tomosha qiling. Shaxsiy hayotingizga ular salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yaqin insoningiz bilan munosabatlaringizga putur yetish ehtimoli bor. O'zgalarning hayotiga zinhor aralasha ko'rmang, baloga qolasiz. Bugun bilim olish va safarlar muvaffaqiyatli kechadi. Agar xohishingiz bo'lsa, xorij tillarini o'rganish uchun kurslarga qatnay boshlashingiz tavsiya qilinadi. O'zingizni ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

17 noyabrda birinchi bo'lib ovqatlanish va jismoniy holatingizga e'tibor qaratishingiz kerak bo'ladi. Busiz turli kasalliklarni orttirib olishingiz hech gap emas. Spirtli ichimliklarni zinhor iste'mol qila ko'rmang. Hatto tantanali marosimlarga chaqirib oldingizga ichkilik qo'yishsa ham o'zingizni tiying. Haydovchilar, shaxsiy avtomobili borlar serqatnov yo'llarda ehtiyotkor bo'lsinlar. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Bugun kunning birinchi yarmidayoq mo'may daromad egasiga aylanishingiz kutilmoqda. Lekin pullaringizni havoga sovurishdan tiyiling. Moliya va biznes sohasida ishlaydiganlar uchun bugungi kun yengil kechmaydi. Arzimas e'tiborsizlik yoki loqaydlik sabab bo'lib jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yishingish mumkin. Tavakkalchiliklar, ekstremal holatlardan saqlaning. Omad sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

17 noyabr kuni istalgan sohada o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Baribir muvaffaqiyat siz tomonda bo'ladi. Faqat kuch va imkoniyatlar noma'lum tarafga oqib ketib qolishining oldini olsangiz bas. Oiladagi muammolarni tushdan keyin yaqinlaringiz ishtirokida hal etishingiz so'raladi. Kunning ikkinchi yarmida basseynga borib cho'milish sizga katta foyda berishi mumkin. Umurtqa pog'onangizni ziyonlanishdan ehtiyot qiling. Salomatlikni asrang.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun taqdir hamisha mo''jizalar hadya etishiga yana bir karra amin bo'lasiz. Agar qaysidir ishlarni amalga oshirish uchun reja tuzib qo'ygan bo'lsangiz, taqdir taqozosi bilan rejalaringiz barbod bo'lishi va mo''jizaga ro'baro' bo'lishingiz aniq. Muhabbatda boshqalar kabi qayg'uli va quvonchli lahzalar sizga hamrohlik qiladi. Munosabatlaringizda romantika zohir bo'lsa ham baribir yanada yuksaklarni ko'zlayverganingiz ma'qul.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

17 noyabrda ertalab ko'chaga chiqiboq kimlar bilandir janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun imkon boricha odamlardan o'zingizni nari ola turing. Juda bo'lmasa, sevimli xobbilaringizdan biriga andarmon bo'ling. Oilaviy hayotda ham sizdan kamgaplik talab qilinadi. Sukut oilaviy hayotda ko'pincha katta yordam beradi. Bugun ko'cha ovqatini iste'mol qilishdan tiyiling. Zaharlanishingiz xavfi bor. Birovga zinhor pul qarz bera ko'rmang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun ayrim masalalarga, voqea-hodisalarga yengilroq qarashingiz kerak. Kimlardir sizni bahsga taklif etsa, bosh tortmang. Shuning natijasida jamiyatdagi obro'yingiz, «avtoritet»ingiz ko'tarilishi mumkin. Demak, bahslarda bor bilim va tajribangizni ishga solishingiz lozim. Ovqatlanishda taom tanlab o'tirmang. Qo'rqmang, zaharlanmaysiz. Faqat me'yorni buzmasangiz bas. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

17 noyabr kuni neki ishga qo'l urmang, sizdan birinchi navbatda tashabbuskorlik talab etiladi. Bu sizga professional faoliyatingiz va martabangizni oshirishda to'g'ri yo'l ko'rsatadi. Bugun zararli odatlarga qarshi kurashning har qanday turi muvaffaqiyatli yakun topadi. Bu ishga qo'l urishdan oldin o'zingizni ruhan tayyorlab oling. Kim kechqurun safarga chiqsa, albatta daromadga ega bo'ladi.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Ertalabdan qayoqdagi keraksiz ishlarga qo'l urishdan o'zingizni tiying. Do'stlar, yaqinlaringiz o'zlarining muammolari bilan boshingizni qotirib tashlashi ham ehtimoldan xoli emas. Lekin chidashga va yordam qo'lini cho'zishga mas'ulsiz. Havo yaxshi bo'lsa, tabiat qo'yniga chiqib dam oling. Dam olganda ham yolg'iz qoling. Tashqi olamdan uzilgan holda istirohat qiling. Shu amal sizga yangi kuch hadya etadi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

17 noyabrda yaqin insonlarga nazar tashlab ko'ring. Ular o'z hayotlarida sizning ishtirokingizga mushtoq. Bugun moliyaviy muammolar ko'p vaqt va kuchingizni olib qo'yishi mumkin. Achinarlisi, bu sohada istalgan natijaga ega bo'la olmaysiz. Zahiradagi pullar bilan cheklanishingizga to'g'ri keladi. Kechqurun ertangi kun uchun rejalarni puxtalang. To'g'ri ovqatlaning. O'zgalar ko'ngliga ozor yetkazib qo'yishdan saqlaning.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...