Hammabop test: «SIZ HAR QANDAY ShAROITGA KO'NIKA OLASIZMI?..»

0

 

 

Qaysi kasbda bo'lishingizdan qat'i nazar, sharoitlarga ko'nikishingiz, har qanday odam bilan tillashib keta olishingiz birinchi o'rinni egallaydi. Ushbu test o'zingizni tekshirib olishingizda ko'mak beradi. Savollarga «ha», «ba'zida», «yo'q» deya javob bering.

1. Sizni nozik uchrashuv kutyapti. Hayajonga tushasizmi?

2. O'zingizni butkul yomon his qilmay turib vrachga borasizmi?

3. Ko'pchilik qarshisida, katta tadbirlarda so'zga chiqishga qiynalasizmi?

4. Sizga hech qachon bormagan manzilga safarga jo'natishyapti. Bormaslik uchun bahona qidirgan bo'larmidingiz?

5. Kim bilandir dardlashishni yoqtirasizmi?

6. Ko'chada notanish kimsa sizni savollarga ko'mib tashlasa, nimanidir iltimos qilsa, jahlingiz chiqadimi?

7. Ota va farzand o'rtasida muammolar ko'pligiga, ikki avlod bir-birini tushuna olmaydi degan fikrga qo'shilasizmi?

8. Agar tanishingiz sizdan bir necha oy oldin qarz olgan bo'lsa, unga eslatib qo'yishga uyalgan bo'larmidingiz?

9. Oshxonada, restoranda sizga sifatsiz ovqat berishdi. Jimgina ketaverasizmi?

10. Notanish inson bilan uchrashdingiz. U birinchi bo'lib so'z boshlamaguncha indamay turaverasizmi?

11. Do'kondan nimadir xarid qilishga bordingiz. Uzundan-uzun navbat. Xariddan ham voz kechib ketarmidingiz?

12. Janjallli masalalarni ko'rib chiqadigan komissiya tarkibida bo'lishdan qo'rqasizmi?

13. Adabiyot, san'at va madaniyatga nisbatan mustaqil tanqidiy fikr bildira olasizmi?

14. Qaysidir masalada noto'g'ri fikr bildirishdi. Bahsga kirishmay sukut saqlashni afzal deb bilasizmi?

15. Ishingizdan kimdir kamchilik topsa, ensangiz qotadimi?

16. O'z nuqtai nazaringizni ishxonada og'zakidan ko'ra yozma bayon etishni ma'qul ko'rasizmi?

 

NATIJALAR:

 

O'zingizga har bir «ha» javobi uchun 2 ball, «ba'zida» javobi uchun 1 ball, «yo'q» javobi uchun 0 balldan qo'ying.

 

30-32 ball.

 

Siz, afsuski, har qanday sharoitga osongina ko'nikib keta olmaysiz. Shuning orqasidan nafaqat o'zingiz, yaqinlaringiz ham azoblanishadi. Sizga har qanday ishni ham ishonib topshirib bo'lmaydi.

 

25-29 ball.

 

Indamas, kamgap, yolg'izlikni xush ko'radigan odamsiz. Yangi ish, yangi tanishuvlar hamisha sizni dahshatga soladi. Buni o'zingiz ham yaxshi bilasiz va o'zingizdan ko'nglnngiz to'lmaydi. Boshqalar singari hayotda faol bo'lishni xohlaysiz-u, uddalay olmaysiz.

 

19-24 ball.

 

Siz juda kirishimli odamsiz va notanish muhitda ham o'zingizni yaxshi his etasiz. Muammolardan qo'rqmaysiz. Faqat ko'p ishlaringiz talab darajasida emas. Buni tuzatsa bo'ladi.

 

14-18 ball.

 

Qiziquvchansiz. O'zgalar so'zini sabr bilan tinglashga odatlangansiz. Fikringizni ham bosiqlik bilan tushuntirib bera bilasiz. Faqat shovqinli davralarni yoqtirmaysiz. Bunday davralardan doimo nari yurishga intilasiz.

 

9-13 ball.

 

Muomalani joyiga qo'yasiz. Bu me'yoridan ortiq deyish mumkin. Turli mavzularda bahslashishni jondan ortiq ko'rasiz. Shunday paytlar bo'ladiki, bu odatingiz o'zgalarning ensasini ham qotiradi. Barchaning e'tiborida bo'lishni istaysiz. Hech kimning iltimosini yerda qoldirmaysiz. Biroq barcha iltimoslarni ham bajaravermaysiz. Ba'zida jahl otiga minasiz-u, tez o'zingizga kelasiz. Faqat jiddiy muammolar tug'ilsa, jasurlik yetishmaydi. Sabr degan tushuncha sizga sal begonaroq.

 

4-8 ball.

 

Har doim har bir ishdan, voqea-hodisadan xabardorsiz. Bahslarda, tortishuvlarda ishtirok qilishni yoqtirasiz. Har qanday og'ir ishga ham sira cho'chimay qo'l urasiz. Lekin hamma ishni ham qoyillatib qo'ya olmaysiz. Shu sababli rahbarlar sizga jiddiy ishlarni ishonib topshirishga shoshilishmaydi.

 

0-3 ball.

 

Siz haddan ziyod ko'p gapirasiz, bilgan-bilmagan ishingizga aralashaverasiz. O'zingizcha qayoqdagi muamolarni ham hal etmoqchi bo'lasiz. Ko'pincha janjallarning bosh sababchisiga aylanib qolasiz. Sizni xafa qilish ham oson. Umuman, hayotda siz bilan ishlash ham, yashash ham juda mushkul. Salomatligingiz haqida o'ylab ko'ring. Bu odat salomatlikka salbiy ta'sir etmay qolmaydi.

BEHRUZ tayyorladi

 

loading...