Hasanboy Do'smatov professional boksdagi debyut jangini o'tkazdi va bellashuv muddatidan oldin yakunlandi VIDEO

0

Professional boksning birinchi o'ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan Hasanboy Do'smatov (1-0, 1 KO) debyut jangida muddatidan oldin g'alaba qozondi.

Meksikada bo'lib o'tgan boks oqshomida Do'smatov mezbon bokschi Xesus Servantes Vilyanuevaga (9-8, 5 KO) qarshi ringga ko'tarildi. Olti raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundning 2:28 soniyasi ortda qolganida to'xtatildi. Do'smatov tomonidan raqibning jigar qismiga berilgan zarbadan so'ng u yerga quladi va hakam bahsni to'xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa Hasanboy Do'smatov professional boksdagi faoliyatini muddatidan oldin g'alaba bilan boshladi.

loading...