TEXNOLOGIYa XABARLARI QISQA SATRLARDA…

0

 

 

«MOTOROLA»NING EGILUVChAN SMARTFONLARI

 

Shu yil 13 noyabr kuni Los-Anjelesda «Motorola» kompaniyasining «Motorola RAZR» deb nomlangan egiluvchan va taxlanadigan smartfonlarni keng omma e'tiboriga havola etildi.

Smartfonlarning korpusi zanglamas po'latdan tayyorlangan. Displeyi 6, 2 dyumli hajmga ega. Korpusning ustki qismida yana 2, 7 dyumli displey joylashtirilgan. Uning yordamida smartfonning taxini buzmasdan SMS xabarlarga javob berish, musiqani boshqarish, selfi qilish hamda «Google Assistant» ovozli yordamchi xizmatidan foydalanish mumkin bo'ladi. Kamerasi 16 MP quvvatga asoslangan. U kichik displeyning yon tomonidan joy olgan.

 

«XIAOMI» YaRATGAN SIMSIZ SIChQONChA YuQORI SIFATGA EGA

 

Xitoyning «Xiaomi» kompaniyasi kompyuterlar uchun o'ta zamonaviy «Xiaomi Wireless Mouse 2» sichqonchalarini sotuvga chiqardi. Sichqoncha yuqori texnik sifatga ega. Uning batareykasi bir yilgacha elektr tokiga to'yintirilmagan holda ishlay oladi. Bundan tashqari, korpus qurilishi simmetrik ko'rinishda. Ya'ni, undan chapaqaylar ham, o'naqaylar ham bemalol foydalana oladi. Qolaversa, sichqoncha simsiz bog'lanish dasturiga ega. Barmoq bilan aylantiriladigan ballonchasi alyuminiydan yasalgan.

Hozir Xitoyda bu sichqonchalar 2 dollardanga sotilmoqda.

 

loading...