Yana bir o'zbekistonlik jangariga nisbatan sud hukmi o'qildi…

0

 

Afsuski, ko'plab hamyurtlarimiz pul topish niyatida xorijga ketadi-yu, uyoqlarda bilib-bilmay jangari kallakesarlar ta'siriga tushib qoladi va shu harakati bilan o'z kelajagini barbod qiladi. Shundaylardan biri 1986 yili Andijon viloyati Asaka tumanida tug'ilgan Botir Madaminov edi. U 2008-2010 yillar oralig'ida otasi va ikki inisi bilan Rossiyada ishlagan. Keyinchalik Moskva viloyati Serpuxov tumaniga bordi. 2011 yil oxiriga qadar o'sha yerdagi qurilish ob'yektlarining birida andijonlik Umid, farg'onalik Abdurahim degan kimsalar bilan birga ishladi. Aynan o'shalar «Jihodizm» ekstremistik oqim a'zolari edi. Botirning ham miyasini zaharlab «hijrat» va «jihod» qilishga undayverishdi. Oqibatda Botir ham shu oqimning a'zosiga aylandi. 2011 yili Pokistonning Mir-Ali shahriga jo'nadi. U yerda «Turkistonda Islom harakati» xalqaro terror tashkilotiga a'zo bo'lib kirdi. Lagerda Botir Madaminov quroldan foydalanish, portlovchi qurilmalarni harakatga keltirish kabilarni o'rgandi. Keyinchalik Pokiston qo'shinlariga qarshi janglarda «Nosir» taxallusi ostida ishtirok etdi.

2013 yil kuzida Pokiston harbiylari tashkilot ob'yektlarini bombardimon qildi. Buning natijasida jangari kallakesarlar 2014 yil noyabrida Afg'onistonga qochib o'tishga majbur bo'ldi.

2015 yil oxirida Botir Madaminov «IShID» jangari kallakesarlar guruhiga a'zo bo'lib kirdi. 2016-2018 yillarda jangarilarga ovqat tarqatish bilan shug'ullandi. Xayriyatki, qo'lga tushdi va 2019 yil 3 aprelida vatanga qaytarildi.

Sud Botir Madaminovni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

 

loading...