KIM ChEN IN URUShGA HOZIRLIK KO'RILIShINI MA'LUM QILDI…

0

 

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yaqinda mamlakat harbiy havo kuchlari va raketa mudofaasiga qarshi qo'shinlarning birgalikdagi harbiy o'quv mashg'ulotlarini borib ko'rdi. Mashg'ulotlardan shu qadar ko'ngli to'ldiki, zudlik bilan yangi urush harakatlariga hozirlik ko'rish haqida qo'mondonlarga farmon berdi. Vaholanki, Amerika va Janubiy Koreya birgalikdagi harbiy o'quv mashg'ulotlarini Kim Chen In tinchlik bitimi tuzish masalasidagi muzokaralarga qaytishiga umid bog'labgina to'xtatgandi. Ammo Shimoliy Koreya rahbari bu haqda o'ylab ham ko'rayotgani yo'q. U qo'shinlarga barcha kuchlarni jangovar tayyorgarlik holatiga keltirish haqida ko'rsatma berdi.

Amerika prezidenti Donald Tramp esa Kim Chen Inga murojaat etib, yaqin orada albatta yuz ko'rishishlarini ma'lum qildi. Shimoliy Koreya rahbari bu uchrashuvni yoqlab chiqadimi-yo'qmi, hozircha noma'lum.

 

loading...