LOLITA QANChA GONORAR OLADI?..

0

 

Rossiyalik xushovoz xonanda Lolita Milyavskaya yaqinda jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan suhbatda har bir chiqishi uchun qancha gonorar olishini oshkor etdi. Uning aytishicha, har bir chiqishi uchun 40 ming yevrodan haq olarkan.

— Bu boshlanishi, — dedi Lolita. — Uyog'i jismoniy zo'riqishlar, samolyotdagi parvozlarga bog'liq. Jismoniy zo'riqish kuchaygani sayin gonorar miqdori ham ortib boradi. Menga ko'p pul kerak emas. Lekin pulim ko'p. Shuning uchun ham pulim ko'p bo'lsa kerak…

Lolita aytib o'tdiki, hech qachon shuncha pul olishim kerak degan xayolda bo'lmagan. Oxirgi paytlarda olgan gonorarlari miqdori haqida og'iz ochmadi albatta. Faqat oxirgi oyda 100 ming yevro pul sarflaganini aytib berdi. Bu pullarning asosiy qismi kliplarni suratga olish uchun sarflanibdi.

 

loading...