Navoiydagi “Davlat bayrog'i” xiyobonida nimalar bo'lmoqda?!.

0

Xiyobonda ertalabdan tumonat odam yig'ilgan. Ishtirokchilarning boshi uzra ko'tarilgan, avtomashinalar oynalaridan chiqarilgan davlatimiz bayrog'i dengizdek chayqaladi.

Mamlakatimiz mustaqilligining ramzlaridan biri – O'zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonun qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan viloyatda “Davlat bayrog'i – faxrim, g'ururim!” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bugun mazkur xiyobondan shitob oldi.

Mazkur tadbir doirasida aholi gavjum joylarda Davlat bayrog'i tusidagi lentalarni fuqarolar ko'ksiga qadash, davlat bayrog'i aks etgan hunarmandchilik mahsulotlari hamda amaliy san'at namunalari ko'rgazmalari tashkil etilgan. Shuningdek, ta'lim dargohlari hamda madaniy-ma'rifiy maskanlarda davlatimiz bayrog'i hamda ozodlik, hurlik va vatanparvarlikni madh etuvchi ijodiy kechalar uyushtirilmoqda.

xalq so’zi

loading...