OLIMLAR MARSNING QAY QISMIDA HAYoT BORLIGINI ANIQLAShDI…

0

 

Mars sayyorasida anchadan beri ish olib borayotgan fazo uskunasi yaqinda olimlarga juda qimmatli bir ma'lumotni taqdim etdi. U Mars orbitasidan «Ezero» krateri suratlarini yuborgandi. Olimlar suratlarni chuqur o'rganish asnosida kraterda yerdagi stromatolitlarga o'xshash karbonatlar mavjudligini aniqlashdi. Vaholanki, karbonatlar hayot baxsh etuvchi bakteriyalarni yaratib beradi.

Eslatib o'tamiz, «Ezero» krateri Marsning sharqiy yarim sharida, Geyl krateridan taxminan uch ming kilometr uzoqlikda joylashgan. Bir nechta tillardan tarjima qilinganda, Yezero «ko'l» ma'nosini beradi. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, to'rt milliard yil oldin krater haqiqatan katta ko'l hisoblanib, ichimlik suviga to'la edi.

NASA mutaxassislari «Ezero» krateriga 2020 yili maxsus uskunani uchirish rejasini tuzishgan.

 

loading...