Rossiyada narkotik tarqatish jinoyatini sodir etgan tojik ayoli javobgarlikka tortildi…

0

 

O'tgan yil iyun oyida Rossiya federal xavfsizlik xizmati xodimlari tojikistonlik N. N. Murodovani qo'lga olishgandi. Bu ayol uyushgan jinoiy guruh uchun yangi tashmachilar topish, ularni ishga o'rgatish, katta partiyadagi geroinni kerakli manzilga yetkazish, ularni saqlash va qadoqlash uchun ijara uy topish kabilar bilan shug'ullangan.

Murodovaning jinoiy ishini Saratov shahar Zavodskoy tuman sudi atroflicha ko'rib chiqib, ayolni 8, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Murodova jazoni umumiy rejimli koloniyada o'taydi.

 

loading...