O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 19 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

19 noyabr kuni qo'y burji ostida tug'ilganlarning shaxsiy hayoti qora bulutlarsiz kechadi. Xuddi shu narsa sizga ham pozitivlik, ham g'ayrat, shijoat hadya etadi. Ish joyingizda hamkasblar sizga nisbatan yolg'on ishlatishiga yo'l qo'ymang. Uy ishlarini ham puxta reja asosida tashkil eting. Dangasalikka aslo erk bermang. Agar xaridlarni amalga oshiriish niyatida bo'lsangiz, bu amalni boshqa kunga qoldiring. Bugun xaridlar muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Har ishga aqlni ishlatgan holda yondashsangizgina ko'zlangan ezgu maqsadlarga yetasiz. Ilgari sizga muvaffaqiyatsizlik taqdim etgan usullarni bir chetga surib qo'ying. Tadbirkorlarning ofislari mutasaddi tashkilotlar tarafidan tekshirilishi mumkin. Sergak turing. Muhabbatda juda ehtiyotkor bo'ling. Aks holda o'tmishdagi xatoliklarni takrorlab qo'yishingiz hech gap emas. Kechqurun safarga otlanganlar albatta omadga erishadi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

19 noyabrda ish joyingizdagi eng murakkab vazifalarni ham osonlikcha ado eta boshlaysiz. Hamkasblar ham bu muvaffaqiyatlaringizdan hayratga tushadi. Moliya sohasida birovlarga g'araz orqali munosabat yuritmang. Yo'qsa daromaddan quruq qolasiz. Kunning ikkinchi yarmida do'stlardan biri bilan jiddiy masalada muloqot qilishingiz kutiladi. U maqtanadi, siz unga havas qila boshlaysiz. Muloqot sizga xush kayfiyat bag'ishlashiga shubha yo'q.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun kuningiz yengil kechmaydi. Ijobiy natija olish uchun bor iste'dodingiz, tajribangizni ishga solishingiz talab etiladi. Busiz professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarda yuqori martabaga egalik qila olmaysiz. Muhabbatda ham juftingiz bilan orangizda anchadan beri ko'rinmas to'siqlar ko'ndalang turibdi. Ularni olib tashlash payti yetdi. Tashvishlardan, muammolardan spirtli ichimlik yordamida xalos bo'lishga urinmang. Bu ahvolni battar chigallashtiradi.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

19 noyabr kuni ishda ham, shaxsiy hayotda ham mustahkam himoyaga ega bo'lishingiz kerak. Himoya tafakkur, odamoxunlik va prinsiplarga suyangan holda ish yuritishdan iborat bo'ladi. O'zingizga nisbatan tajribasi kam hamkasblarga qimmatli maslahatlaringizni ayamang. Juftingizga nisbatan muloyim munosabat yuritishingiz tavsiya qilinadi. Salomatlikni asrang. To'g'ri ovqatlaning. Rejimni buzmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Bugun aslo birovlardan pul qarz ola ko'rmang. Busiz ham muammolarni bartaraf eta olasiz. Xaridlarni rejalashtirgan bo'lsangiz, picha ortga surib turishingizga to'g'ri keladi. Ular sizni qarzga botirishi mumkin. Do'stlar va hamkasblar bilan muloqotda ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang. Ichki sirlaringizni aytishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Kechqurun anchadan beri siz bilan birga safarga otlanish niyatida yurgan odam qo'ng'iroq qilishi mumkin.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

19 noyabrda go'yo ensiklopediyaga aylanib qolasiz. Yurgan yo'lingizda birovlarga bilim tarqatish bilan band bo'lasiz. Bu sizning yana bir yutug'ingiz, ishoning. Ishdan keyin kechqurun oila a'zolaringiz oilaviy bayram uyushtirishni niyat qilishgan. Xaridlar masalasini keyinga qoldirib turing. Bugun ular sizga faqat yoqimsiz holatlarnigina hadya etadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun prinsiplaringizga keng yo'l bering. Tabiatingizga xos qaysarlik aynan bugun sizga foyda beradi. Uning ko'magida ishlaringizda unum bo'ladi. Eng murakkab muammolar ham xamirdan qil sug'urgan kabi yengil hal bo'ladi. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda ham omad siz tomonda bo'ladi. Daromad mo'may bo'ladi. Hatto, sira o'ylanmay, sayohatga chiqsangiz ham yarashadi. Asabni ehtiyot qiling.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

19 noyabr kuni sal bo'sh kelsangiz, tamom, o'sha zahoti firibgarlar va ko'ngli qoralar ta'qib qila boshlaydi. Ta'qib o'ta yoqimsiz kechadi. Ehtiyotingizni qiling. Kun davomida kamroq kuch sarflab, ko'proq pul topish prinsiplariga amal qiling. Shu yo'l ko'plab rejalarni ijobiy hal etishingizda yordam beradi. Kechqurun juftingizga kutilmagan sovg'a hozirlab qo'ying. Munosabatlaringiz shu bahonada yanada mustahkam tortadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Ertalabdan barcha shubha va gumonlarni siquvga oling. Keyin ularni o'zingizdan nari surib tashlang. Ish uchun, shaxsiy hayot uchun ham yangi yo'l toping. Ish bajarishda dangasalikka yo'l qo'ymang. Aksincha faollikda eng murakkab vazifalar sari dadil boring. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlarning xonadonida chaqaloq dunyoga kelishi mumkin. Umri bilan bergan bo'lsin. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin sutli mahsulotlar iste'moli bilan cheklaning. Oqshom do'stlardan biri bilan adi-badi aytishib qolishingiz ehtimoli bor.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

19 noyabrda ishxonangizda o'zingizni boshqa hamkasblardan yuqori qo'yish fikrini yo'q qila olsangiz, faqat foyda qilasiz. Ishda faollik, shaxsiy hayotda esa shinavandalik, mehr va muloyim muloqot sizga do'stlik qila oladi. Muhabbatda yangi gorizontlar ochilishi kutilmoqda. Omad kutilmagan tarafdan mo'ralaydiki, o'zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Ovqatlanish rejimini buzmang. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqishingiz tavsiya etiladi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Ijod kishilarining kuni tug'adigan bo'lib turibdi. Yangi yo'llar ochasiz. Bu yo'llar sizni ezgulik sari yetaklaydi. Kelajakda shedevrga aylanishi aniq bo'lgan ajoyib asar g'oyasi dunyoga keladi. Kun mobaynida kam o'tirib, ko'p yurishni o'zingizga shior qilib oling. Jismoniy mashqlar salomatligingiz yanada mustahkam tortishida katta yordam beradi. Moliyaviy muammolaringiz faqat sizning foydangizga hal bo'ladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...