O'zbekistonda qor yog'ishi kutilmoqda

0

O'zbekiston hududiga 21—24 noyabrda Volgabo'yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.

Foto: «Daryo»
O'zgidromet xabariga ko'ra, 21—24 noyabrda O'zbekiston bo'yicha vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik bo'ladi (yomg'ir ayrim joylarda qorga aylanadi).

21 noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15—20 metrga yetadi.

22—24 noyabrda respublika hududi bo'yicha havo harorati kechasi 0—5 daraja sovuq, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo'ladi.

O'zbekiston shimolida 21—24 noyabrda havo harorati kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo'lishi kutilmoqda.

loading...