DUNYo BO'YIChA TARIXDA 19 NOYaBR KUNI QANDAY HODISALAR SODIR BO'LGAN?..

0

 

1190 yil. — «Tevton» ordeni ta'sis etildi.

1493 yil. — Kolumb o'zining ikkinchi sayohatida Puerto-Rikoga asos soldi.

1700 yil. — Karl XII Narva shahri yaqinida rus qo'shinlarini tor-mor etdi.

1765 yil. — Polshada birinchi dramatik teatr ochildi.

1819 yil. — Madridda Prado muzeyi ochildi.

1824 yil. — Sankt-Peterburgda suv toshqinlari sodir bo'ldi. Oqibatda 462 ta turar joy vayron bo'ldi. 3600 ta qoramol o'lim topdi. 208 kishi cho'kib ketdi.

1853 yil. — Usmoniy turklarning Boshqadiqlar aholi yashash punkti yaqinida rus qo'shinlari Ahmad Poshsha armiyasini tor-mor qildi. Shunday qilib Kavkazni qo'lga kiritish bo'yicha tuzilgan ingliz-fransuz-turk rejasi barbod bo'ldi.

1858 yil. — Kanada tashkil topdi. Avvaliga bu mamlakat «Britaniya Kolumbiyasi» deb atalgan.

1867 yil. — Fransiyada rus millatiga mansub artilleriya kapitani N. Teleshov ilk reaktiv samolyot uchun davlat patentini qo'lga kiritdi.

1879 yil. — Imperator Aleksandr II o'tirgan poezdni bir guruh qo'zg'olonchilar Moskva yaqinida portlatishga urindi.

1891 yil. — Ilk marotaba bolajonlar uchun temir yo'l o'yinchog'i sotuvga chiqdi.

1893 yil. — «Nyu-York Veld» gazetasi dunyoda birinchi bo'lib rangli nusxada chop etildi.

1933 yil. — Leningradda «Yangi teatr» tashkil topdi.

1942 yil. — Sovet qo'shinlari Stalingrad yaqinida nemis fashist bosqinchilariga qaqshatqich zarbalar yo'lladi.

1946 yil. — BMT millatchilikka qarshi rezolyutsiya qabul qildi.

1979 yil. — «R-200» tezyurar poezdi Leningraddan Moskvaga o'zining ilk reysini amalga oshirdi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...