Eldor Shomurodov MTJ safida rekordga yaqinlashmoqda!

0
Biroz oldin, JCh-2022 saralashidan o'rin olgan O'zbekiston – Falastin bahsi (2:0) o'z yakuniga yetdi.

Bahsda Eldor Shomurodov kiritgan ikki gol maydon egalariga g'alaba keltirdi. 24 yoshli forvard terma jamoa libosida qatorasiga to'rtinchi o'yinda raqiblar darvozasini ishg'ol etmoqda. Uning hisobida 6ta gol bor. Shomurodov Yaman (5:0) hamda Saudiya Arabistoni (2:3) darvozasiga bittadan, Singapur (3:1) va Falastin (2:0) darvozasiga ikkitadan gol urishga erishdi.

Milliy jamoa libosida ketma-ket gol urish borasida rekord esa Oleg Shaskixga tegishli, u qatorasiga 6 uchrashuvda 8ta gol urgan.

Shuni qo'shimcha qilish kerakki, Eldor ushbu saralash bosqichidagi gollar bo'yicha Ali Mabhout (BAA) bilan tenglashib oldi. Ulardan yuqorida esa 7ta gol bilan Omar Al Soma (Suriya) to'purarlik qilib turibdi.

loading...