Namanganda 500 kishilik to'y to'xtatildi (video)

0

Joylarda ba'zi fuqarolar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan o'tkazishni qo'shnilar, qarindoshlar tanqididan, umuman olganda, jamoatchilikning bosimidan xalos bo'lish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o'rtasida ziddiyatlar paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Shuningdek, Ayrim fuqarolar dabdabali to'y marosimlariga katta mablag' sarflanishi tufayli qarzga botmoqda va qarzni uzish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.

Bunday holatlarga barham berish maqsadida Namanganda mutasaddilar tomonidan ko'plab tushuntirish va targ'ibot tadbirlari olib borilyapti. Natijada 500 kishiga mo'ljallangan to'y qisqartirildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo'shma qaroriga binoan “To'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o'tkazilishini tartibga solish to'g'risida”gi nizom e'lon qilingan edi.

loading...