«Qizim» seriali qahramoni bilan tanishing: Leyla Lidiya Tugutlu

0

Taniqli aktrisa Leyla Lidiya Tugutlu «Qizim» seriali bilan ekranlarga qaytdi. Sobiq «Turkiya go'zali» eksklyuziv intervyuda o'z orzulari, hayotiy qiziqishlari va faoliyati haqida so'zlab berdi.

 

— Germaniyadan Turkiyaga bo'lgan chiroyli qissani eshitsak bo'ladimi?

— Men Germaniyada tug'ildim, bolaligim juda ajoyib o'tdi: bolalar bog'chasiga bordim. Germaniyada uzoq vaqt yashaganimizda ham otam men bilan turk tilida gaplashardi, shuning uchun madaniyat va mamlakatga moslashishim qiyin bo'lmadi. Shu bois hayotimning katta qismi aynan shu yerda o'tdi. Maktab va konservatoriyani tamomlaganimdan so'ng musiqaga qiziqa boshladim. 2005 yilda modellar tanlovida qatnashdim. 2005 yilda go'zallik tanlovidan so'ng o'zim uchun boshlovchi va aktrisa kasbini kashf qildim.

— Sizda ko'p soha bo'yicha iste'dod bor, masalan, aktyorlik, modellik, musiqa… Bu sohalarning qaysi birida o'zingizni erkin his qilasiz? Bundan     tashqari yana nima bilan shug'ullanasiz?

— Men o'zimni aktyorlik va musiqada erkin his qilaman. Bundan tashqari mutolaa, yozish, sport va yogaga qiziqaman.

— Sizningcha, hayot manbai nima?

— Men hayot manbai muhabbat ekanligiga ishonaman.

— Qaysi jihatingiz o'zingizga yoqadi?

— Men o'zimni hayvonlarni sevadigan insonparvar deb hisoblayman. Men realistman.

— O'zingizga yoqmaydigan jihatlar ham bormi? Ularni tuzatish uchun nima qilasiz?

— Men perfeksionistman. Bu jihatim hech qachon o'zimga yoqmagan, ammo hozir buning yaxshi tomonlari ham borligini tushunaman, masalan, ish borasida. Men odamlar o'zgarishi mumkin deb o'ylamayman. Shunchaki bunga boshqa tomondan qarab, ma'lum xulosalar chiqarishingiz mumkin.

— Televidenie bilan tanishuvingiz qanday o'tdi? Sizni kim qo'llab-quvvatladi?

— Kichkinaligimda oilamiz do'stlari doim menga televidenie sohasida ishlashim mumkinligini aytishardi. To'g'ri, bolaligimda buni tushunmasdim, ammo o'smirligimda model bo'lishni istadim. Keyin hammasi o'z-o'zidan yuz berdi.

— Birinchi marta televideniega kelgan kuningizni eslaysizmi? Nimani his qilgansiz?

— Birinchi tajribam moda sohasidan tashqari boshlovchilik tajribasi edi. Men g'urur va hayajon his qilganman. Birinchi marta menga maosh va ofisdagi ish yoqqan. Va albatta, maqtashlari ham.

— Yangi loyihada qatnashyapsiz. Bu haqda biroz gapirib bera olasizmi?

— Mening so'nggi loyiham «Cho'ntagimdagi notanish» filmi edi, shundan so'ng ekranga yaxshi loyiha bilan qaytishni istadim. Ko'p ssenariylarni o'qidim, lekin yaxshisini tanlolmadim. «Qizim» seriali ssenariysini o'qidim va bu olamda hamda bu qahramonda o'zimni ko'ra oldim.

— Bu loyihaning nimasi sizni jalb qildi?

— Bu ushbu mavsumdagi eng tabiiy va yaxshi ish. Hayotdagidek, mubolag'alarsiz, biz doim singdirishga urinadigan tamoyillarsiz. Bu dramada kulgili lahzalar juda ko'p. Ya'ni sizga quvonch keltiradigan qissa.

— «Cho'ntagimdagi notanish» filmidan so'ng ikkinchi marta Bugra Gulso'y bilan ishlash qanday bo'lyapti? Munosabatlaringiz qanday?

— Bilaman, Bugra juda yaxshi aktyor, «Cho'ntagimdagi notanish» filmi ham juda muvaffaqiyatli edi. Biz uchun bu ajoyib ish bo'ladi. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Men uchun hamkasblar o'rtasidagi quvvat va tushunish muhim, shu bois serial uchun ham bu muhim deb o'ylayman.

— Hayotingizdagi qaysi rol faoliyatingizda eng muhimi bo'lgan?

— Aslida, har bir qahramon men uchun muhim, ammo eng ajoyibi «Yovvoyi asal» filmidagi rol edi.

— Siz hech qachon o'ynamagan, ammo o'ynashni istagan qahramon bormi?

— Men harakatni juda yaxshi ko'raman. Kuchli ayol qahramoni, masalan, bu politsiya agenti bo'lishi mumkin.

SEVINCh tayyorladi.

loading...