Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo'ldi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Gidrometmarkaz yaqinida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi, deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, hodisa 18 noyabr kuni soat 10:40 da yuz bergan. Osiyo va Chingiz Aytmatov ko'chalari kesishmasida 29 yoshli D.K. boshqargan Spark avtomobili svetoforning taqiqlovchi ishorasiga to'xtagan 3 ta mashinaga to'qnashgan.

Avtomobillardan biri undan oldinda turgan Matiz’ga urilgan. D.K.ning aytishicha, YTHga avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqishi sabab bo'lgan.

Hodisa tufayli hech kim jabrlanmagan.

loading...