KOFE ARTERIAL QON BOSIMIGA QANDAY TA'SIR KO'RSATADI?..

0

 

Barchaga ma'lum, kofe o'z tarkibidagi kofein bilan juda ko'pchilikni jalb etib turadi. U kofein ko'magida kofe ichgan odamni o'ziga tez fursatda o'rgata oladi. Kofein esa arterial qon bosimini ko'tarish xususiyatiga ega. Nemis olimlarining fikricha, kofe arterial qon bosimini qisqa fursatgagina ko'taradi. Kofe ichilgach, oradan yarim soat o'tib arterial qon bosimi ilgarigi holatiga qaytadi. Ammo qon bosimini o'lchatish istagida bo'lganlar imkon doirasida bir soatdan keyin bu amalni ado etganlari ma'qul. Kofeni doimiy ravishda bir xil me'yorda ichuvchilar esa bora-bora arterial qon bosimi oshishidan shikoyat ham qilmay qo'yadi. Chunki organizm kofeinga ko'nikish hosil qiladi.

 

loading...