Pardozsiz betakror ko'rinishning yetti usuli

0

Biz har kuni yuz uchun pardoz vositalaridan foydalanib, unga kamdan-kam dam beramiz. Quyidagi yetti usul pardozsiz ham betakror ko'rinishga yordam beradi.

Yuzning chiroyli terisi

Biz aksariyat hollarda pardozdan nafaqat yorqin ko'rinish, balki terimizdagi nuqsonlarni yashirish uchun ham foydalanamiz. Agar pardozsiz ham jozibador ko'rinishni istasangiz, chiroyli yuz terisiga ega bo'lishga erishish kerak bo'ladi. Bunda to'g'ri ovqatlanish ham muhim rol o'ynaydi. Zararli mahsulotlarni ovqatlanish ratsionidan chiqarish lozim. Kuniga 1,5-2 litr suv ichish haqida unutmang. Shuningdek, teriga turli namlantiruvchi va oziqlantiruvchi niqoblar surib turish va yuz uchun tonggi mashqlarni bajarish ham foyda beradi.

Yuzni to'g'ri yuvish

Yuzni tez-tez yuvib turish uning qurishiga olib keladi, degan xato fikrlar mavjud. Aslida yuzni to'g'ri yuvishni bilish zarur. Tonggi yuvishni yuz teringizga mos keluvchi mayin tozalovchi vositadan foydalanish bilan boshlash zarur. Ana undan keyin tetiklashtiruvchi vosita, keyin esa yuz uchun kremdan foydalanish mumkin.

Chiroyli shaklga ega bo'lgan qoshlar

Ifodali qoshlar xuddi surat uchun rom kabidir. Hozir tabiiy ko'rinishdagi qoshlar urfda. Ularga zarur shaklni berib, to'g'ri rang tanlash muhim.

Sog'lom uyqu

Sog'lom uyqu – nafaqat sog'lik, balki go'zallik garovi hamdir. Agar siz 7 soatdan kam uxlagan bo'lsangiz, charchoq yuz ifodasiga ega bo'lasiz. Shuningdek, ekspress usullardan ham foydalanish mumkin. Masalan, moychechak qo'shilgan muz bo'lagi bilan yuzni artish.

Lablarni parvarish qilish

Biz ko'pincha lablarimizni parvarish qilishni unutib qo'yamiz. Lablarimiz qurib va yorilib ketmasligi uchun ularni maxsus kosmetik vositalar bilan namlantirib turish lozim.

Ko'zlar va kipriklar

Kipriklar ham parvarishga muhtoj hisoblanadi. Kanakunjut moyi ularga qalinroq va uzunroq bo'lishga yordam beradi.

 

ayol.uz

loading...