Qashqadaryoda bir oilaning 7 a'zosi konservadan zaharlangandi. Ona va farzandlarning biri vafot etdi

0

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani «Langar» MFY Tutli qishlog'ida yashovchi oilaning 7 nafar a'zosi uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanib, viloyat markazidagi shifoxonalarga yotqizilgan edi.

Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 18 noyabr kuni soat taxminan 08:00 atrofida mazkur oila boshlig'ining rafiqasi Yu.U. vafot etdi, 20 noyabr kuni soat 09.30da mazkur oilaning katta farzandi, 2006 yilda tug'ilgan A.T.ning ham joni uzilgan.

Eslatib o'tamiz, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga keltirilgan oila boshlig'i, uning turmush o'rtog'i va katta o'g'liga «Botulizm kasalligining og'ir darajasi. O'tkir toksemiya davri. Toksik neyropatiya. O'tkir nafas yetishmovchiligi I darajasi» tashxisi qo'yilgan edi.

Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko'ra, sanitariya aviatsiyasi xizmati orqali zudlik bilan poytaxtdan ham malakali mutaxassis chaqirtirilib, kerakli tavsiyalar olindi. Ammo ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 20 noyabr kuni 09.30da mazkur oilaning katta farzandi, 2006 yilda tug'ilgan A.T. ham vafot etdi.

Ayni paytda otaning ahvoli ham o'ta og'irligicha qolmoqda.

Oilaning qolgan to'rt nafar a'zosi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli qoniqarli.

kun.uz

loading...