O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 21 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

21 noyabr kuni beixtiyor o'tmish xotiralar dengiziga cho'kasiz. Bu esa ish jarayonida jiddiy xalal berishi mumkin. O'tmish bilan bog'liq kayfiyatni dam olish kunlari uchun asrab qo'ying. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga kun davomida nimalarnidir isbotlashga urinish bilan band bo'lishingiz mumkin. Munosabatlarga yengillik bering. Ularni murakkablashtirmang. Moliyaviy muammolarni ham gap-so'z yordamida ijobiy hal eta olmaysiz. Harakat kerak, harakat.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Ertalab kunni mayda-chuyda ishlarni bajarishdan boshlang. Ular sizni hayratda qoldirib, tez fursatda yakun topadi va daromad berishda ham yirik loyihalardan qolishmaydi. Yaqin do'stingiz sizni tanqid ostiga olsa ham unga jahlingizni sochmang. Salomatlikni faqat vrach maslahati va tavsiyalari asosida mustahkamlang. Aks holda kasal orttirib olishingiz hech gap emas. Muhim hujjatlar bilan ishlashga to'g'ri kelsa, ehtiyotkorlikka va tartibga amal qiling.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

21 noyabrda vaziyatni sun'iy tarzda o'zgartirishga urinmang. Bu o'zgalar bilan orangizda kelishmovchiliklar, janjallar, hatto katta miqdordagi jarimalarga sabab bo'lishi mumkin. Tashkilotma-tashkilot yurib ish bitirishingizga to'g'ri kelsa, muloyimlik va intellegentlikdan unumli foydalanishingiz tavsiya etiladi. Kechqurun anchadan beri ado etilmay yotgan ishingiz birdan yakun topadi-yu, martabangiz oshishini ta'minlaydi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun quyoshli kundan, do'stlar muvaffaqiyatlaridan va kichik xursandchiliklardan ham mamnun tortishingiz tavsiya etiladi. Biling, pozitiv kayfiyat aynan kichik xursandchiliklardan qad rostlaydi. Salomatlikni tiklashga oid suv bilan bog'liq muolajalar xayrli kechadi. Agar vaqtingiz bo'lsa, albatta sauna, basseynda cho'miling. Juda bo'lmasa, kontrastli dush qabul qiling. Bu organizmingizni negativlardan xalos etadi.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

21 noyabr kuni ishxonada sizni jiddiy va mushkul vaziyatlar kutib turadi. Ammo tashvishga tushmang. Rahbarlar sizga qattiq ishonganki, shunday murakkab vazifalarni topshirgan. Do'stlardan biri bilan bo'lib o'tadigan muloqotdan keyin pozitiv kayfiyatga ega bo'lasiz. U sizga kayfiyatingizni ko'taradigan yangilik aytadi. Ro'zg'oringizda yaqinlaringiz bilan jiddiy qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi mumkin. Afsuski, ularni aylanib o'tib bo'lmaydi. Chidaysiz.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Ertalabdan parizod burji ostida tug'ilganlar yetarlidan ham ko'proq kuch-imkoniyatlarga ega bo'ladi. Xohlasangiz, tog'ni ham tolqon qilar darajada bo'lasiz. Asosiysi, ish bajarishda qalbingizda shubha bo'lmasligi kerak. Moddiy ahvolingiz kun bo'yi yaxshi kechmasligi kutilmoqda. Lekin kechqurunga borib qadrdonlardan biri puldan yordam bervoradi. Olis safarga otlanishni rejalashtirganlar bu amalni kelasi haftaga surganlari ma'qul.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

21 noyabrda ishxonangizdagi rahbarlar sizga shu qadar murakkab vazifani ishonib topshirishadiki, avvaliga qo'rqib ham ketasiz. Xato qilishdan cho'chiysiz. Lekin ko'z qo'rqoq, qo'l botir. Mardonalik bilan ish bajarishga kirishsangiz, albatta uddasidan chiqasiz. Muhabbatda ko'z yosh to'kadigan lahzalar sizni ham chetlab o'tmasligi mumkin. Yolg'iz qoling. Kechqurun qo'shimcha daromad keltiradigan ish taklif qilishlari mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Kunning birinchi yarmida katta pul bilan bog'liq bir ishga tavakkal qo'l urishingiz kutiladi. Ehtiyot bo'ling. Texnika bilan bog'liq ishlarga qo'l ursangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Ro'zg'or ikir-chikirlarini boshqa kunga qoldiring. Muhabbatda oila qurmaganlar tuyg'ularini tanlaganidan sir tutmasliklari talab etiladi. Bu muvaffaqiyatsizlikdan bo'lak narsani hadya etmaydi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

21 noyabr kuni lotereya chiptasi sotib olishingiz, sport musobaqalarida ishtirok etishingiz tavsiya etiladi. Omad siz tomonda. Bundan ko'nglingiz to'q bo'lsin. Faqat muhabbatda omad sizdan vaqtincha yuz o'girishi mumkin. Oilasizlar belgilangan uchrashuv bekor qilinishi, suyukli insoningiz va'da berganidek qo'ng'iroq qilmasligi kabilar kayfiyatingizni buzadi. Biroq unutmang, vaziyatni o'zgartirish sizning qo'lingizda. Harakatingizni qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun omadga erishishni istasangiz, tezkor bo'lishingiz lozim. Gap xayollar, rejalar, g'oyalar haqida ketadi. Hech bir ishni ortga surmang. Faqat olg'a boring. Kunning ikkinchi yarmida do'stlardan biri kayfiyatingizni buzishi kutiladi. Bu orangizda janjal kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Og'irroq bo'ling. Muloqot jarayonida xotirjamlikka e'tibor qarating. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

21 noyabr silliq va yorug' kechmasligi mumkin. Ko'ngilsiz vaziyatlar ko'pchilikni tashkil etishi kutiladi. Shaxsiy hayotingizni barchadan sir saqlang. Ayniqsa, hasadgo'y va g'iybatchilarga shaxsiy sirlaringizni ayta ko'rmang. Bugun xaridlarning oxiri bo'lmasligi ehtimolga yaqin. Tejamkorlik haqida ham o'ylab ko'rsangiz yomon bo'lmasdi. Olis safarni boshqa kunga qoldirishingiz tavsiya etiladi. Xavfli vaziyatlarda qolishingiz ehtimoli bor.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Bugun birinchi navbatda ruhiy holatingizni yetovga olish harakatida bo'lishingiz so'raladi. Shunda turli firib va bo'htonlardan nari bo'lasiz. Stress holati yaqinlaringiz bilan orangizga nifoq solishi hech gap emas. Ijodkorlar sira o'ylanmasdan ijodiy ishlarini davom ettirishlari zarur. Iste'dodingiz, xohishlaringiz, ezgulikka yo'g'rilgan orzularingizga keng yo'l bering. Juftingiz bilan munosabatlarda muloyim bo'ling!

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...