Bugun O'zbekiston bo'ylab ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o'chiriladi (ro'yxat)

1

Bugun, 21 noyabr kuni Respublikaning ayrim hududlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab vaqtincha elektr tarmoqlarida uzilish sodir bo'ladi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati.

Foto: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati
Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga qarashli 10 kVl transformator punktida rejali joriy ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida «Xurshid» mahallasining 2-tor To'qimachi va 1, 2, 3-tor Atoiy, Nashriyot ko'chalari hamda «Zulfizar» mahallasi 1, 2-tor Taqachi ko'chalaridagi aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar uzilish bo'ladi.

Andijon viloyatining Andijon tumanidagi «Ayrilish» MFY hududida joylashgan «O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220 kV li «Yulduz» podstansiyasida T2-125 MVA quvvatli avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 20 noyabrdan 25 noyabrgacha viloyatning ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Farg'ona viloyatining Beshariq tumanidagi «Chimboy» podstansiyasida joriy ta'mir hamda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sababli «Oqtovuq», «Chimboy», «Bessari», «Sho'r», «Shodlikobod» mahalla fuqarolar yig'inlarida:

Marg'ilon shahridagi 3-sonli transformatorda ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli «Marg'iloniy» mahalla fuqarolar yig'inlarida;
Buvayda tumanidagi 374-sonli transformatorda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sababli, Mixchagar qishlog'iga qarashli «Hasanqo'rg'oncha» mahalla fuqarolar yig'inlarida;
Dang'ara podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, Dang'ara tumanidagi «Chodaklik», «G'umoyli», «Uvaysiy», «Navbahor», «Pishqaron», «Oltiqush» mahalla fuqarolar yig'inlari va Dang'ara shaharchasi iste'molchilariga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo'ladi.
Shuningdek, Urganch tumanidagi «Qahramon», «Yuqori jirmiz», «Kattabog'», «Beruniy» mahallalarida;
Xorazm viloyati Shovot tumanining «Qatqal'a», «Arbob», «Qunduz», «Tuproqqal'a», «Yangi turmush», «Oydin», «Oydinqal'a», «Idaliqal'a», «Komiljan Otaniyozov», «Botirlar» mahallalarida;

Xiva tumanining «Juryon», «Indavak», «Ariq», «Oqko'l», «Soyot», «Sho'rko'l», «Qattibosh», «Varangzor» mahallalarida;
Hazorasp tumanining «Pichoqchi», «12-narvon», «Juvondir», «B.Matirzayov», «Otaliq», «To'rtta», «Uzuqkaqosh», «Ishchilar», «Sulaymonqal'a», «Oybek», «Sanoat», «Sharof Rashidov» mahallarida joriy ta'mirlash ishlari o'tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli yuqorida keltirilgan hududlarda joriy yilning 21 noyabr kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.
Navoiy viloyati «G'azg'on» podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan Nurota tumanidagi «Tumor», «Shayxon», «Guliston», «Marmarobod» mahalla fuqarolar yig'inlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi ta'minotida vaqtincha uzilish bo'ladi.

Hududiy elektr tarmoqlari» AJ keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raydi.
daryo.uz

loading...

1 TA FIKR

  1. Noqulaylik…. qanaqa noqulaylik bizda uzun tumanida har kuni soat 17 00 dan 23 00 gach 4. 5 soatlab svet yòqku. Ruyhatdan tushib qoldikmi.

Comments are closed.