Habib Nurmagomedov TDIUdagi uchrashuvda Toni Fergyuson jangi qachon va qaerda o'tkazilishiga aniqlik kiritdi VIDEO

0

UFC’ning yengi vazn chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi talabalar bilan o'tkazilgan uchrashuvda keyingi jangi qachon va qaerda o'tkazilishiga aniqlik kiritib o'tgan. “Dog'istonlik burgut”ning bo'lajak raqibi esa katta ehtimol bilan sobiq titul sohibi amerikalik Toni Fergyuson bo'lishi kutilmoqda.

“U bilan Las-Vegasda aniq uchrashmaymiz. Garchand, ular kechirim so'rashsa va so'rashmasa ham, biz jang o'tkazish uchun boshqa joyni topib bo'ldik. Katta ehtimol bilan bellashuv aprel boshlarida Bruklinda o'tkaziladi. Hozircha anig'ini ayta olmayman, taxminimcha, bo'lajak jangim aprelda bo'ladi”, – deya qayd etgan 31 yoshli MMA ustasi.

loading...