NOSTRADAMUSNING 2020 YIL UChUN BAShORATI…

0

 

Fransiyalik bashoratchi o'z davrida 2020 yil uchun alohida bashoratlarni yozib qoldirgan. Ularni rossiyalik mistik va astrolog Dmitriy Zima tarjima qilib keng omma e'tiboriga havola qildi. Zima avvalo quyida havola etiladigan bashoratlar siz-u bizga o'xshagan bir odam tarafidan aytilgan so'zlar ekanini ta'kidladi. Keyin esa bashoratlarni tarjima qilishga o'tdi.

Demak, Nostradamusning bashorat qilishicha, 2020 yil Rossiya va sobiq sovet respublikalari uchun tanaffuslarga, garmoniyaga boy ko'rinishda boshlanadi. Lekin aynan shu yili sobiq sovet respublikalarining qaytadan birlashuvi boshlanadi. Keyinchalik yagona diniy birdamlik jarayoni kuzatiladi. Nostradamus bu davrni «Oltin davr» deya baholagan. O'n beshta respublika birlashgach, ular birgalikda dunyoni birlashtirish harakatiga tushadi. Bu yerda Yevropa salbiy rol o'ynashga ojiz qoladi. Iqtisodiy jihatdan dunyoda gigant davlat sanalmish Xitoy ham ular bilan hisoblashishga majbur bo'ladi. Amerika esa Tramp iste'foga chiqqach, yangi kuchlar, aniqrog'i, musulmonlardan iborat kuchlar ta'sirida qoladi. Uchinchi Jahon urushi boshlanishi dargumon. Negaki, dunyoni birlashtirishga kirishgan kuchlar bu ishni tinchlik, diplomatik usullar yordamida amalga oshiradi.

Albatta, ertaga nima bo'lishini yolg'iz xudoning o'zi biladi.

Astag'firillo!!!

 

loading...