Sergelida 4 ta juftlikni nikoh to'yi o'tkazilib, ularning bandligi ta'minlandi

0

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining to'y-hasham va boshqa marosimlarni tartibga solish bo'yicha qo'shma qarori asosida  Sergeli tuman hokimligi, xotin-qizlar qo'mitasi va qator tashkilotlar hamkorligida kam ta'minlangan oilalardan 4 juft yoshlarning nikoh to'ylari o'tkazib berildi.

Nikoh to'yida kelin-kuyovlar, ota-onalari, yaqin qarindoshlari, mahalla faollari, faxriylar, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Marosimda tuman madaniyat bo'limi xodimlari va  iste'dodli san'atkorlari tomonidan kuy-qo'shiqlar yangradi.

Tadbirning yana bir muhim jihati shuki, yangi oila qurgan yoshlarning turmushi farovonligi ularning bandlik darajasiga bog'liq ekanligidan kelib chiqqan holda nikoh to'ylari arafasida kelin-kuyovlarning ish bilan ta'minlanganlik holati atroflicha o'rganilib, tegishli tartibda yoshlarni ishga joylashtirish tadbirlari ko'rildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

loading...