«Asalning ham ozi shirin». Alisher Sa'dullayev «Biz bilgandik, biz kutgandik» degan so'zlari memga aylangan qizning navbatdagi chiqishiga munosabat bildirdi

0

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev o'zing Facebook’dagi sahifasi orqali Ruxsora Masharipovaning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo'lgan videosiga munosabat bildirdi. Videoda Andijon shahrida o'tkazilgan yig'ilishda Yoshlar ittifoqi faoli Ruxsora Masharipovaning Andijon viloyatiga nisbatan maqtovlari tasvirlangan.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abduramonov ham ishtirok etgan yig'ilishda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Ruxsora Masharipova so'zga chiqib, «Andijonda shunday hokimlarimiz bor ekan, biz bilmay yurgan ekanmiz», «Agar ikkinchi marta dunyoga kelish nasib etsa, Andijonda tug'ilishni istagan bo'lardim» kabi fikrlari bilan yig'ilganlar olqishiga sazovor bo'lgan.

«Asalning ham ozi shirin» degan gap bor. Xalq bunday chiqishlarni yoqlamaydi. U o'zgargan. Emotsiyalarni jilovlay olish kerak. Yoshlar aniq maqsad bilan harakat qilishni o'rganaylik. Maqtovlar ko'paysa, ishdan baraka qochadi, dangasalashib o'z ustimizda ishlamay qo'yamiz, xalqqa bu erish tuyuladi.

Lekin u qizimiz alohida mavzu. Suhbat qurib ko'rishimiz kerak. Unchalik biz o'ylagan va tasavvur qilgandek emasligiga ishongim kelyapti. Emotsiyalarini jilovlashni o'rgatish kerakdir, ammo uning sha'niga tegishli gaplar aytishingizni istamas edim. U ham kimningdur dilbandi, singlisi yoki jigargo'shasi, axir. Mayli fikrini bildirsin, biz uni eshitaylik, tegishli xulosa qilaylik, ammo birlashib qoralab tashlamaylik, ommaviy kiberyumor/memlar/kiberbulling qilib tashlamaylik. Fikr yoki so'z qanday bo'lmasin, uni eshita olishimiz kerak xoh tanqid, xoh maqtov bo'lsin. Meni o'ylantirayotgani uning hozirgi holati va jamoatchilikka moslashish uchun qancha harakat qilishi va ma'lum vaqt davomida boshqalarning unga qay nazarda boqishini his qilyapman. Unga tengdoshlaridan bo'ladigan bosimni his qilyapman. U bir kuni bu vaziyatni tushunib yetishiga ishonchim komil, ammo biz esa biroz vazmin va bag'rikeng bo'lishimizni xohlar edim.

P.S. Men uni juda himoya qilib yozgim kelyapti, ammo g'ashingizga tegish niyatim yo'q. Haddan ortiq maqtovni hech kim yoqlamasa kerak, ammo biroz bag'rikeng bo'laylik, do'stlar.

P.S.S. Bugun Xorazmda xizmat safarida edim, biz uchun oson kun bo'lmadi, rostini aytsam. Bir infojang kuniga aylandi bugungi sana biz uchun. Kechki payt kelganimda bugun ijtimoiy tarmoqlarda «xayp» bo'lgan mavzu haqida o'ta sub'yektiv fikrlarim bilan bo'lishgim keldi, xolos. Xayrli tun, do'stlar.

Alisher Sa'dullayev, Yoshlar ittifoqi raisi
Eslatib o'tamiz, Ruxsora Masharipova 2017 yili Yoshlar ittifoqining qurultoyidan so'ng, bergan intervyusi sabab «mashhurlikka» erishgandi.

loading...