MIB va saxovat: Tadbirkor bir oilaning 10 mln so'mdan ortiq qarzdorligini to'lab berdi

0

MIB yana bir xayrli ishda bosh bo'ldi va Toshkentdagi bir oila boshi nogironligini, farzandlari voyaga yetmaganlagini, ayol oilaning yolg'iz boquvchisi ekanini biliboq homiy topishga shoshildi.

Kunlar sovib, odamning eti junjikadigan havoda Byuro xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning monitoringini o'tkazib, agar tarmoqdan ba'zi sabablar bilan o'chirilgan bo'lsa, qarzdorlik qoplanishiga va tarmoqqa qayta ulab berishga, shuningdek, boshqa energiya resusrlaridan qarzdorliklari bo'lsa, saxovatpesha homiylarni yollash orqali savobli amallarni davom ettirmoqda.

Jumladan, MIB Shayxontohur tuman bo'limi boshlig'i o'rinbosari L.Abduraxmonov hamda inspektori A.Xodjayevlar Shayxontohur tumani “Katta Hovuz” mahallasi, Ittifoq ko'chasi 8-xonadonda istiqomat qiluvchi Mo'minovlar oilasidagi vaziyat bilan tanishdi. Ma'lum bo'lishicha, Muhayyo Mo'minova 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari hamda 2-guruh nogironi, sil kasalligiga chalingan turmush o'rtog'ining yolg'iz boquvchisi hisoblanadi.

Mazkur xonadonning kommunal xizmatlaridan jami 10 mln 400 ming so'm qarzdorligi yillar davomida to'lanmay kelib qarzdorlik oshib borgan. Byuroning Shayxontohur tuman bo'limi xodimlari hozirda ushbu oilaning og'ir ahvoldaligini, gaz tarmog'idan qarzdorligi sabab tarmoqdan uzilganligini inbatga olib, saxovatpesha tadbirkorlarimizga murojaat qildi.

Murojaatga javob uzoq kuttirmadi va «KORZINKA.UZ» supermarket tarmog'i rahbari Zafar Hoshimov savob yo'lida o'zining yordam qo'lini cho'zishini bildirib, mazkur xonadonning kommunal xizmatlaridan qarzdorligini to'lab berdi. Mazkur oilaga tadbirkor tabiiy gazdan 5 800 000 so'm, ichimlik suvidan 2 800 000 so'm, maishiy chiqindidan 1 132 000 so'm hamda elektr energiyasidan 680 000 so'm qarzdorliklarini to'lab berib, xonadon tabiiy gaz tarmoqlariga qayta ulab berildi.

Bundan xursand bo'lgan xonadon egalari ko'zda yosh bilan homiy va Byuro xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirishdi.

Saxovat insonning ziynati bo'lgan go'zal axloqlaridan hisoblanadi. Saxovatning katta-kichigi bo'lmaydi. Har kim imkoni boricha, qo'lidan kelganicha saxovat ko'rsataversa, Alloh taoloning keng dargohidan ko'p savobga yetishaveradi.

loading...