MIB xodimiga qo'l ko'targan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

1

12.11.2019 yil soat 14:30 larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Pasurxi mahallasida yashovchi fuqaro U.A. (1981 y.t., ishsiz) yashash xonadoniga xizmat vazifasi yuzasidan kelgan MIB tuman bo'limi xodimi I.P.ga tan jarohati yetkazib, qonuniy faoliyatiga qarshilik ko'rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan 21.11.2019 yilda Boysun tumani prokuraturasi tomonidan U.A.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.

R.s: Aziz fuqarolar, vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun sodir etayotgan har bir xatti-harakatingizning oxirini bir marta bo'lsa ham o'ylab ko'ring. Zero, xizmat vazifasini bajarayotgan shaxsga nisbatan qilgan qaltis harakatingiz insoniylik mezonlariga ham ziddir.

 

loading...

1 TA FIKR

  1. To'g'ri. E'tiroz yo'q. Nima bo'lganda ham o'zimizni tutishni bilishimiz kerak. Lekin qars bir qo'ldan chiqmaydi deganlaridek. MIB xodimlari ham muomila madaniyatini ozgina o'rganishsa yaxshi bo'lar edi. Ular o'zlarni dunyoga ustundek tutishgandan keyin mana shunaqa janjallar kelib chiqadi.

Comments are closed.