Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Ey Robbim! Dinimizni yomon ko'ruvchilar, Islom shiorlarini mazax qilib gapiruvchi vaysaqilarga O'zing kifoya qilgin!
*****
Ey Robbim! Bizni sadoqatli, vafodor do'stlar ila rizqlantirgin! O'zimizni ham shunday do'stlikka munosib qilgin!
*****
Imom Shofeiy rahimahulloh: «Yaxshilik besh narsada: nafsning to'qligi (qanoat), aziyat berishdan tiyilish, halol kasb qilish, taqvo va Allohga nisbatan kuchli ishonch» dedilar.
*****
Kim senga Namozni qayta-qayta eslatib nasihat qilsa, o'sha odam seni eng qattiq yaxshi ko'radigan kishidir.
Shayx Sha'roviy rahimahulloh
*****
Sufyon rahimahulloh dedilar: «Shuhrat(ga intilish)dan ehtiyot bo'linglar! Kimning oldiga borgan bo'lsam, shuhrat(ga intilish)dan qaytargan edi».
*****
— Dada, anavilar axlatchilarmi?
— Yo'q, bolam. Axlatchilar bizmiz. Ular esa ko'chalarni biz tashlagan axlatlardan tozalovchilardir.
Internet materiallaridan to'plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov