Ogoh bo'ling: Telegramda «Ipoteka bank» nomidan firibgarlik…(+foto)

0

Bugungi kunda firibgarlik usullari yana-da kengaygan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli usulda, brend yoki tashkilotlar nomidan odam ko'paytirish uchun har hil o'yinlar uyushtrilmoqda. Shulardan biri telegram orqali “Ipoteka bankda bayram aksiyasi” nomi ostida yo'lga qo'yilgan firibgarlikdan sizlarni ogoh etmoqchimiz.

 

“Kanalga odam qo'shing, hamda biz sizga palon summani paynet orqali tashlab yuboramiz” qabilidagi gaplarga ishonmasligingizni so'rardik. Aynan mana shunday noinsof odamlarning kasriga bugun ba'zi tashkilotlar nomi bulg'anmoqda!

Biz Ipoteka bankka qo'ng'iroq qilganimizda, ular bu voqeadan bexabar ekanliklarini aytib o'tishdi. “Aksiya haqiqatdan bor edi, Mustaqillik bayrami oldidan. Hozir esa yo'q…” dedi biz bilan bog'langan hodim g'oyat hayratga tushib.

Yana o'sha, hammamizga kerak gap: Insof bersin!

loading...