Qashqadaryoda qulab tushishi mumkin bo'lgan xaroba binodan hali ham foydalanilmoqda (foto)

0

Kasbi tumanining «Qamashi» qishlog'ida 2 qavatli eski madaniyat bo'limining xaroba binosidan hali ham foydalanib kelinmoqda. Nasafnews’ning yozishicha, bino o'tgan asrda qurilgan bo'lib, uning qurilgan aniq vaqti noma'lum.

Suratlardan binoning ikkinchi qavatining qulab tushish xavfi yuqori ekanligini ko'rish mumkin.


Shunday bo'lsa-da, bu binoning ayrim xonalarida tumandagi ba'zi tashkilotlarning bo'limlari joylashgan.

 

 

 

daryo.uz

loading...