Samarqandda qo'lbola aroq va konyak ishlab chiqarilayotgani aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.G. yashirin sex tashkil qilib, qo'lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan aroq mahsulotlarini boshqa fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tadbirda, F.G.ning yashirin sexidan qo'lbola usulda tayyorlangan iste'molchilarning hayoti va sog'lig'i talabiga javob bermaydigan 0,5 hajmli “TROYKA” “FILATOFF”, “MEDOVAYa” nomli va 34 dona 1,5 litr hajmli yelim idishlardagi spirtli ichimliklar hamda “KONYaK” alkogol mahsulotlari va bir xil raqamli qalbaki aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 176 va 186-moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergovga harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...