«BENNU» ASTEROIDI YeR UChUN KUChLI XAVF TUG'DIRA OLUVChI SAMO JISMI EKAN…

0

 

«NASA» olimlari Yer sayyorasi uchun eng xavfli samo jismlari orasida «Bennu» asteroidiga alohida e'tibor qaratishgan. Ekspertlarning ta'kidlashiga ko'ra, Bennu asteroidi ikkita yirik samo jismining o'zaro to'qnashuvi natijasida paydo bo'lgan. To'qnashuv uni yer yo'nalishiga qarata itqitib yuborgan.

Ammo bu yuz yillikda asteroid Yerga u qadar yaqin kelmaydi. 2169-2199 yillar oralig'ida esa haqiqatan u Yerga Oy va sayyoramiz oralig'idagi masofadan-da qisqaroq masofaga yaqinlashib keladi. Ana unda haqiqiy qiyomatni kuzatish mumkin. Chunki uning kuchi yadro bombasidan ikki barobar yuqori bo'ladi.

Shunisi ajablanarliki, 2018 yili mutaxassislar asteroidga yaqinlashib bir bo'lakchasini tahlillar uchun olish maqsadida maxsus zondni uchirishgandi. Afsuski, zond asteroidga sira yaqinlasha olmagan. Bunga asteroiddan ajralib chiqayotgan chang-to'zonlar xalal bergan.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here