Avariya natijasida 4 nafar O'zbekiston fuqarosi vafot etdi (foto)

0

O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2019 yil 22 noyabr kuni Orenburg-Oqbuloq trassasida Orenburg viloyati hududida ichida 8 nafar yo'lovchi, jumladan 5 nafar O'zbekiston fuqarosi bo'lgan mikroavtobus halokatga uchradi. Buning natijasida hamyurtlarimizdan 4 nafari vafot etdi, 1 nafari esa Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi.

Xabarda aytilishicha, Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog'liq masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirib o'tdi.

Shuningdek, Rossiyaning Volgabo'yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o'lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug'ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o'tildi:

+7-843-526-55-64,

+7-843-526-55-65.

 

loading...