Turkiyada bo'lib o'tgan «BUTUNJAHON ShAXMAT OLIMPIADASI»da hamyurtlarimiz ikkinchi o'rinni egalladi

0

 

Joriy yilning 28 oktyabr va 6 noyabr kunlari, Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo'lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi bo'lib o'tdi.
16 yoshgacha bo'lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi
9 turdan iborat bo'lib, shveysarcha tizimda bo'lib o'tadi. 9 tur natijasiga ko'ra, birinchi o'rinni Ozarbayjon terma jamoasi 16 ochko bilan, hamyurtlarimiz 15 ochko bilan ikkinchi o'rinni, 14 ochko bilan Belarus termasi uchinchi o'rinni egallashdi.
Yurtimiz sharafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Abdusattorov Nodirbek, Sindarov Javohir, FIDE sport ustasi Kasimov Ali, Madaminov Muhiddin, FIDE sport ustasi Omonova Umida himoya qilishdi.
38 davlatdan 44 jamoa, umumiy hisobda 300 dan ortiq shaxmatchi qatnashgan musobaqada O'zbekiston shaxmat terma jamoasi faxrli 2 – o'rinni egalladi.
Sportchilarning musobaqada qatnashish harajatlarini Raqamli iqtisodiyotni qo'llab quvvatlash “Raqamli ishonch” fondi tomonidan moliyalashtirilgan.

BUTUNJAHON ShAXMAT OLIMPIADASI QATNAShChILARI:
1. Abdusattorov Nodirbek – Xalqaro toifadagi grossmeyster
2. Sindarov Javohir – Xalqaro toifadagi grossmeyster
3. Kasimov Ali – FIDE sport ustasi
4. Madaminov Muhiddin – Sport ustaligiga nomzod
5. Omonova Umida – FIDE sport ustasi
6. Yuldashev Saydali – terma jamoa murabbiyi

loading...