ChUQUR KOMADA YoTGAN AYoL JAJJI GO'DAGINI EMIZIShGA IMKON TOPA OLDI…

0

 

Argentinaning San-Fransisko shahrida yashovchi 42 yoshli Mariya Laura Ferreyra bir oy oldin mototsiklda ketayotib qaerdadir to'xtaganda, unga bosqinchilar tashlanib qoldi. Ayol yiqilayotib boshi bilan yerga qattiq urilgandi. Shuning oqibatida chuqur koma holatiga tushib qoldi.

Mana, bir oy davomida u koma holatida yotdi. Vrachlar uning oilasiga murojaat etib, Mariya yaqinda o'lim topishini aytishdi. Hatto, marhumaning ichki a'zolarini transplantatsiyaga muhtoj bemorlarga berishlarini ham iltimos qilishdi. Ammo Mariyaning eri Martin Delgado bu gaplarga ishonmadi. Xotini albatta o'ziga kelishiga umid bog'ladi.

Shu yil 23 noyabr kuni Martin ikki yashar qizalog'ini shifoxonaga olib keldi. Qizaloq har safar och qolganda, onasiga mahkam yopishib, emishga tutinardi. Bu gal ham shunday qildi. Komadagi onasiga mahkam yopishib oldi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, koma holatida yotgan Mariya kutilmaganda qo'llarini ko'tarib qizalog'ini mahkamroq bag'riga bosdi va emizishga tutindi. Keyin esa eri qizaloqni ko'tarib oldi. Ayol yana ilgari qanday bo'lsa, shundayligicha yotaverdi. Martin, boshqa yaqinlari uni turtishdi, so'z qotishdi, savolga tutishdi. Barcha harakatlar natijasiz qoldi. Mariya ularni his etmadi, eshitmadi. Hozir ham u komada yotibdi. Lekin eri Martin ertami-kechmi u albatta o'ziga kelishiga ishonmoqda.

 

loading...