Metroning “Yunusobod” yo'nalishida qurilayotgan yangi bekatlar qachon ishga tushirilishi bo'yicha yangi ma'lumot berildi

0

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tasarrufidagi “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining Yunusobod yo'nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg'ilash ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Manbada qayd qilinishicha, hozirgi kunda Yunusobod liniyasining o'ng tunnelida burg'ilash ishlari tugatilib, mavjud bo'lgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud bo'lgan “Shahriston” hamda qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari qizg'in davom ettirilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig'i bajarildi.

Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poezdlar qatnovi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yo'lovchilar uchun poezdlar harakatini yo'lga qo'yilishi kutilmoqda.

loading...